jins

Uztransgaz

28.03.2022


"O‘ztransgaz" AJ tizimida 2022-yilda “Respublika magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi”ning 2-bosqichi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida shu kunlarda diametri 1220 mm bo‘lgan SATS 2 magistral gaz quvuri bo‘ylab yangi, uzunligi 80 km magistral gaz quvuri qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bugungi kunda obyektda 100 nafardan ortiq ishchi xodim 56 ta maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda ish olib bormoqda. Har kuni 1,7 km atrofida montaj qilinayotgan tarmoqda shu kungacha 35 kmdan ortiq uzunlikda quvurlar montaj qilindi.


Возврат к списку