Tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish
Uztransgaz
29.04.2025
Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da vazirlik, idora va tashkilotlarda yoshlar masalalari uchun mas’ul bo‘lgan 150 ga yaqin xodim ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan, yoshlarga oid davlat siyosatini amaliyotda samarali tatbiq etish, “Yoshlar dasturlari” ijrosini ta’minlash va ehtiyojmand yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv dasturida tashkilotlarda yoshlarga oid siyosatni samarali yuritishga qaratilgan treninglar, tajribali tadbirkor va san’at vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek sport musobaqalari ham o‘rin oldi.
Mazkur o‘quv seminarida “O‘ztransgaz” AJ vakillari ham ishtrok etdi.