jins

Uztransgaz

21.10.2025

Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasi "Xo‘jayli" sanoat maydonchasiga qarashli "Taxiatosh" GTS 1964-yilda ishga tushirilgan. Stansiya vositasida "Taxiatosh" issiqlik elektr stansiyasi va Taxiatosh shahri iste'molchilari tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Stansiyaning texnik imkoniyatlarini yaxshilash va samaradorligini oshirish maqsadida bu yil inshootda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Tadbir doirasida yer osti va yer usti gaz quvurlarining nuqsonli qismlari hamda ishdan chiqqan ochib yopish moslamalari yangi quvur va zamonaviy uskunalarga almashtirildi.

Hozirgi kunda rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlandi va stansiya faoliyati to‘laqonli ish rejimiga o‘tkazildi.


Возврат к списку