jins

Uztransgaz

11.07.2025


“Taxiatosh” gaz taqsimlash stansiyasi — “O‘ztransgaz” AJ tizimidagi muhim bo‘g‘inlardan biri. U orqali Taxiatosh tumani aholisi, ijtimoiy obyektlar, yirik isteʼmolchilar hamda “Taxiatosh” IES gaz bilan taʼminlanadi.

Stansiya joriy yilda rekonstruksiya dasturiga kiritilib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Tarmoqlardagi nuqsonli berkitish moslamalari va kommunikatsiyalar yangilanmoqda.

Yangi uskuna va tizimlar stansiya ishining ishonchliligi va samaradorligini oshirib, butun mintaqaning — Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining elektr taʼminotini yaxshilashga xizmat qiladi.

Возврат к списку