jins

Uztransgaz

23.08.2022

“O‘ztransgaz” AJ Markaziy apparati xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar tashkilotga tegishli boshqarmalarda 2022/23-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketayotgani yuzasidan o‘z o‘rganishlarini o‘tkaza boshladi. 

Ishchi guruhlardan biri Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi faoliyati bilan tanishmoqda. Kuz-qish davrida magistral gaz quvurlari va inshootlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmlarda bajarilishini ta’minlash qanday ketayotganligiga e’tibor qaratilmoqda. 

Avval xabar qilinganidek, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi B.Narmatov buyrug‘i bilan 2022/2023-yil kuz-qish davriga tayyorgarlik qay yo‘sinda ekani, yil boshida tasdiqlangan rejaga nisbatan ishlar qay darajada bajarilganini aniqlash maqsadida ishchi guruhlar tuzilgan edi. 

Bundan tashqari, tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini bajarilishini monitoring qilish hamda har bir ishlab chiqarish obyektlarida bajarilgan ishlarni baholab boradi hamda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralarni ham ko‘radi.

Возврат к списку