jins

Uztransgaz

13.04.2023

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarish: 26-modda

(I qism) Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

(II qism) Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.

(III qism) Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas. 

Qiynoq, zo‘ravonlik, kamsitish, shaxs daxlsizligining buzilishi O‘zbekistondagi uzoq yillik muammolardan biridir. Ayniqsa, jazoni ijro etish muassasalaridagi vaziyat fuqarolar va xalqaro tashkilotlar tomonidan tanqid qilinadi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar mazkur muammoga barham berishga qaratilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy daxlsizlik, inson huquq va manfaatlari so‘zsiz taʼminlanishi belgilab, O‘zbekistonda shaxs daxlsizligi asosiy huquq va qadriyat sifatida Konstitutsiya darajasida mustahkamlanmoqda.

Возврат к списку