jins

Uztransgaz

10.09.2025

Qonunlar, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarda belgilangan topshiriqlar ijrosi va hisobdorlikni ta’minlash, rahbar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati, javobgarligini yanada oshirish maqsadida “O‘ztransgaz” AJda tizimli
ishlar olib borilmoqda.

   “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida bajarilishi nazoratga olingan Prezidentning 219 ta hujjatlarida Jamiyatga tegishli 772 ta topshiriq belgilangan bo‘lib, shundan 719 tasi (93,1%) bajarilgan, 53 tasi (6,9%) bajarilmoqda. Yil boshidan 87 ta topshiriqlar ijrosi taʼminlandi va “Ijro.gov.uz” tizimidan nazoratdan yechildi. Ijro muddati joriy yil sentabr oyida nazoratda turgan 6 ta topshiriqlar belgilangan bo‘lib, 5 tasining ijrosi ta’minlandi. 1 ta topshiriqni belgilangan muddatida ijrosini taminlash boyicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

   Vazirlar Mahkamasining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olingan 97 ta hujjatda Jamiyatga tegishli 189 ta topshiriqlar belgilangan bo‘lib, shundan bugungi kunda 179 tasi (94,7%) bajarilgan, 10 tasi (5,3%) bajarilmoqda. Yil boshidan Hukumatning 30 ta topshiriqlari ijrosi taʼminlandi va “Ijro.gov.uz” tizimidan nazoratdan yechildi. Ijro muddati joriy yil sentabr oyida nazoratda turgan 5 ta topshiriqlarning toliq ijrosi ta’minlandi.

   Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son farmonining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi va ijro intizomini mustahkamlash, qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarining ijrosini o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini taʻminlash boʻyicha o‘quv-seminar tashkil etildi.

   Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Adliya vazirligi, Energetika vazirligi markaziy apparati, yoqilg‘i-energetika sohasidagi korxonalar, jumladan, “O‘ztransgaz” AJ mutasaddilari hamda tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

   Seminar yakunida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi muammolar bevosita ijrochilar bilan muhokama qilinib tizimni takomillashtirib borishga kelishib olindi.

   Shu bilan birgalikda “Oʻztransgaz” AJ Boshqaruv raisi tomonidan Ijro intizomini mustahkamlash, qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari hamda topshiriqlarining ijrosini o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini taʻminlash hamda jamiyat boshqaruv raisi va oʻrinbarlarining 2025-yil uchun eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni III chorak koʻrsatkichlarini bajarish choralarini koʻrish toʻgʻrisida muhokama qilindi.

   Bu kabi tadbirlar Ijro intizomini yanada mustahkamlash, soha korxonalarida
tashkiliy-huquqiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

“O‘ztransgaz” AJ Ijro intizomini nazorat qilish boʻlimi

Возврат к списку