Toshkent davlat texnika universitetida muassasaning “QS World University Rankings 2026” xalqaro reytingida e'tirof etilganiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi
Uztransgaz
24.06.2025
Fan va jamoat arboblari, turli vazirlik va idoralar hamda "O‘ztransgaz" AJ mas'ullari ishtirok etgan tantanali tadbirni TDTU rektori S.Turabjanov qutlov so‘zi bilan ochdi va jamoani yangi yuqori natija bilan tabrikladi. Ta'kidlanganidek, 2025-yilning 19-iyun kuni ta’lim tizimidagi nufuzli tahliliy agentlik QS World University Rankings 2026-yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, TDTU dunyo miqyosida 901-950 o‘rinlar qatoridan joy oldi.

Anjumanda shuningdek, universitetga tashrif buyurgan vazirlik va idoralar vakillari hamda universitet professor-o’qituvchilari so‘zga chiqib, bunday e'tirofga sazovorlik o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, olib borilgan harakatlar beiz ketmaganiga urg‘u berdilar. Mehnat jamoasini erishgan yutuq bilan tabriklashdi.

Anjuman davomida TDTU bilan hamkorlikda ishlayotgan vazirlik va idoralar mehnati e'tirof etildi. "O‘ztransgaz"AJ Boshqaruv raisi A.Isakov oliy o‘quv yurti bilan samarali hamkorlikda olib borayotgan sa'y-harakatlari uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.