Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasida maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
05.09.2022
Magistral gaz quvurlari tizimi xavfli holatlar yuz berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan obyektlar qatoriga kiradi. Favqulodda holatlar sodir bo‘lganda esankirab qolmaslik va to‘g‘ri qaror qabul qila olish o‘ta muhim hisoblanib, ishchi-xodimlar bunday vaziyatlarga doimo shay turishlari zaruriy talabdir. Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasida belgilangan reja asosida fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazib turilishining boisi ham shunda.

Favqulodda holat sodir bo‘lganda harakatlanish ko‘nikmalarini baholash maqsadida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida ishchi-xodimlarning imkoniyatlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.