jins

Uztransgaz

18.03.2020

1.jpg“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib hal qilish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Jamiyat raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari A.I.Mirzamaxmudov va raisining ishonchli vakili M.Baratovlar navbatdagi sayyor qabul uchun Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi va “Ohangaron” kompressor stansiyasiga bordilar.

Dastlab A.Mirzamaxmudov Toshkent MGQBning ish faoliyati bilan tanishdi va mavjud holatlarni o‘rganib chiqib kerakli tavsiyalarni berdi. U sayyor yig‘ilish avvalida “O‘ztransgaz” AJ faoliyatida bo‘layotgan yangiliklar hamda boshqarmada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, A.I.Mirzamaxmudov o‘z so‘zida “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan 2020 yilning 28 fevral kuni imzolangan “Ishchi xodimlarning ish haqini oshirish to‘g‘risida”gi №16/16–sonli Buyruq-qarori bilan yangi tarif setkasi tasdiqlanganligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvda 17 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyatida oylik maoshlarining yangi belgilangan miqdorini qayta ko‘rib chiqish, uy olish uchun “O‘ztransgaz” AJ tomonidan oylik maosh hisobidan birinchi to‘lovlarni amalga oshirilishi bo‘yicha yordam so‘raldi. Boshqarma qorovuli Sh.Aliev ishchi-xodimlarga tungi navbatchilik uchun to‘lanadigan koeffitsent miqdorida keskin kamayish kuzatilganligi va bunga aniqlik kiritilishini so‘radi. Chilangar J.Raximov gaz taqsimlash stansiyalari va o‘lchash uzellarini ekspluatatsiya qilish xizmati chilangari uchun ish hajmining ko‘pligini inobatga olib, ularning oylik maoshlarini oshirish va darajalarini ko‘tarishda amaliy yordam berish bo‘yicha qilgan murojaatining natijasini kutmoqda. Xodimlar bilan ishlash bo‘limi menedjeri G.Gaynanova ishchi xodimlarning oylik maoshini hisoblash bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.

“Ohangaron” KSdagi murojaatlarda ovqatlanish shahobchasiga oshpaz shtati, idoraviy yong‘indan saqlanish xizmatiga qo‘shimcha xaydovchi shtati kerakligi ma’lum qilindi. Idoraviy yong‘indan saqlanish xizmati ishchi xodimlari, ularning navbatchilik bo‘yicha ish tartibini 12 soatlik o‘rniga 24 soatga o‘tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini bildirishdi. Elektromontyor S.Norboboev hozirgi ishini Qashqadaryo viloyatiga ko‘chirish bo‘yicha amaliy yordam, agar iloji bo‘lmasa, uy xarid qilish uchun oylik ish haqi hisobidan boshlang‘ich to‘lov bo‘yicha amaliy yordam berilishini so‘radi. Ohangaron tuman “GGM and SEM” MChJ rahbari B.Tojiev “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisining 25.02.2020 yil № 01-27/2-244 sonli Faksogrammasida ko‘rsatilgan tabiiy gaz buyurtmasiga oldindan 100% miqdorda to‘lov hajmini 50%ga tushirilishiga ruxsat berilishini so‘rab murojaat qildi.

Murojaatlarning ayrimlariga joyida tushuntirish berildi. Toshkent MGQB mutasaddilariga boshqarmadagi ishchi-xodimlarning oylik maoshi masalasini chuqur o‘rganib, asoslangan ma’lumotlar yig‘ilgan holda shu kunlarda tasdiqlanishi kutilayotgan jamiyat Jamoa shartnomasi bo‘yicha “O‘ztransgaz” AJ rahbariyatiga aniq takliflar kiritish haqida topshiriq berildi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку