jins

Uztransgaz

03.12.2024

Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” yoshlariga mezbonlik qildi. Tadbir doirasida “Ohangaron” kompressor stansiyasi va “Bektemir” gaz taqsimlash stansiyasida o‘quv seminari tashkil etildi.  

Mazkur seminarning asosiy maqsadi yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularni gaz transporti tizimidagi zamonaviy texnologik uskunalar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.  

Seminarda qatnashgan yoshlar gaz quvurlarining ekspluatatsiyasi, texnologik jarayonlarning boshqaruvi hamda xavfsizlik choralariga oid bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bu kabi tashabbuslar mamlakatimizda energetika sohasidagi malakali mutaxassislarni shakllantirish hamda texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim qadamdir.

Возврат к списку