Toshkent MGQB Ohangaron kompressor stansiyasida maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Uztransgaz
14.09.2022
Magistral gaz quvurlari tizimidagi muhandislik inshootlar toifalangan obyektlar qatoriga kiradi. Favqulodda holatlar sodir bo‘lganda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qila olish uchun ishchi-xodimlar doimo shay turishlari zarur. Toshkent MGQB Ohangaron sanoat maydonida reja asosida fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazib turilishining boisi shunda.

Favqulodda holat sodir bo‘lganda harakatlanish ko‘nikmalarini baholash maqsadida Toshkent viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-taktik mashg‘ulotlarda ishchi-xodimlarning imkoniyatlari yana bir bor sinab ko'rildi. Favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan asbob-anjomlar va texnika vositalari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar yakuniga ko‘ra "Stansiya jamoasi favqulodda holatlarga tayyor" deb baholandi.