jins

Uztransgaz

27.06.2025


“O’ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari tomonidan Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmasida o‘tkazilgan qabulga boshqarma ishchi-xodimi bo‘lgan 2 nafar fuqaro moliyaviy masalalarda murojaat qildi. Ko‘tarilgan masalalar diqqat bilan tinglandi va bu borada hozir tizimda amalda bo‘lgan tartiblar haqida murojaatchilarga ma'lumot berildi. Ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha bildirilgan taklifga esa, bu borada kelgusida Jamiyat imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligi bildirildi.

Gazli va Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida “O’ztransgaz” AJ Boshqaruvining ishonchli vakili jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabullar o‘tkazdi. Kogon MGQBda qabulga 5 nafar, Gazlidagi qabulga esa 13 nafar fuqaro murojaat qildi. Fuqarolarning ishga joylashish, lavozim darajasini ko‘tarish, ish faoliyatini to‘liq stavkada davom ettirish, boshqa lavozimga o‘tish kabi masalalarida qilgan murojaatlari atroflicha o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi.

Murojaatchilarga ayni paytda aksiyadorlik jamiyati tizimidagi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Masalalarni mavjud holat doirasida, belgilangan tartibda hal qilish uchun choralar ko‘rilishi bildirildi.






Возврат к списку