Urganch gaz taqsimlash stansiyasida...
07.09.2022
Urganch gaz taqsimlash stansiyasida...
Urganch magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan Urganch GTS vositasida Urganch shahri va Urganch tumanidagi isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bugungi kunda isteʼmolchilarni soni ko‘payib tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotgan bir paytda ushbu GTSdagi mavjud filtrlarning o‘tkazuvchanligi pastligi uchun samaradorlikni oshirishga ehtiyoj ortgan edi. Shu muammoga barham berish maqsadida GTSga o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan (bir kecha-kunduzda13 mln. m3 tabiiy gazni tozalash quvvatiga ega) yangi filtr separatorlar o‘rnatilmoqda.
Maqsad - isteʼmolchilarga таbiiy gazni barqaror va sifatli yetkazib berishdan iborat.