jins

Uztransgaz

13.08.2024

Urganch magistral gaz quvurlari boshqarmasi 897 km gaz quvuriga xizmat ko‘rsatadi. Qariyb 300 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan jamoa tomonidan 30 ta gaz taqsimlash stansiyasi ham ekspluatatsiya qilinadi. 

Ayni kunlarda boshqarma tomonidan quvurlarni va stansiyalarni joriy va kapital taʼmirlash ishlari tez surʼatlarda olib borilyapti. "Buxoro-Ural" magistral gaz quvurining 147-kilometrida 1- va 2- tarmoqlarni bog‘lovchi diametri 530 millimetr bo‘lgan gaz  quvurida aniqlangan nuqsonli qism almashtirilgani ham shu yo‘nalishdagi ishlar sirasiga kiradi. Urganch MGQB ishchi xodimlari tomonida  tezkor muddat ichida amalga oshirilgan tadbir davomida 28,5 metr quvur yangilandi.  Ayni paytda quvur tarmoqqa ulanib ishga tushirildi. 

Bu tadbir yo‘nalishda tabiiy gaz uzatish barqarorligi va ishonchliligini taʼminlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 


Возврат к списку