Urganchda "Gaz taqsimlash stansiyasining eng yaxshi operatori" tanlovi o‘tkazilmoqda
Uztransgaz
15.11.2024
"UTG training" o‘quv markazida o‘tayotgan tanlovda "O‘ztransgaz" AJ tarkibiy tuzilmalaridan 17 nafar operator ishtirok etmoqda. Tadbir davomida ularning gaz taqsimlash stansiyalari bo‘yicha texnik ekspluatatsiya qoidalari, texnologik sxemasi, asosiy va yordamchi qurilmalarning ishlash prinsiplari va xavfsizlik qoidalari, dispetcherga kunlik maʼlumotlarni yetkazish va avariyaviy vaziyatlarda operatorning vazifalari kabi nazariy hamda amaliy bilimlari sinab ko‘rilmoqda.