jins

Uztransgaz

26.06.2025

“Urganchtransgaz” UK tarkibidagi Qong‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasining "Xo‘jayli" sanoat maydonchasi xodimlari “Buxoro–Ural” magistral gaz quvurining 3-tarmog‘ida quvur ichki yuzasini tozalash ishlari muvaffaqiyatli yakunladi.

Tadbir davomida umumiy uzunligi 78 km bo‘lgan quvurning ichki yuzasi tozalandi. Amalga oshirilgan texnik tadbir natijasida gaz transport tizimida gidravlik rejim hamda yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifati yaxshilandi. Tabiiy gaz uzatish barqarorligi va ishonchliligi kafolatlandi.

Bu kabi chora-tadbirlar gaz quvurlarining texnik holatini saqlab, ekspluatatsiya muddatini uzaytirish hamda iste’molchilarga sifatli va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Возврат к списку