jins

Uztransgaz

12.08.2021

Qo‘ng‘irot MGQB Xo‘jayli sanoat maydonchasiga qarashli "Taxiatosh" gaz taqsimlash stansiyasida "Taxiatosh" IESga tabiiy gaz yetkazib berishga mo‘ljallangan uchta tarmoq mavjud bo‘lib, birinchi va ikkinchi tarmoqlar o‘lchov majmualari orqali tabiiy gaz hisobga olingan holda yetkazib berilmoqda. Ayni kunga kelib, "Taxiatosh" IESga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish imkoniyatini va ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish maqsadida gaz taqsimlash stansiyasida payvandlash ishlar amalga oshirildi. Uchinchi tarmoqqa o‘lchov majmuasi o‘rnatilib ishga tushirildi.

"Qo‘ng‘irot" gaz taqsimlash stansiyasida esa odorant quyish ishi amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: Odorant - (o‘tkir xidli etilmerkaptan kimyoviy moddasi) tabiatan hidsiz va rangsiz tabiiy gazni hidlantirib berishga xizmat qiluvchi, xavfsizlikni ta’minlash masalasida o‘ta muhim hisoblanadi.

Возврат к списку