jins

Uztransgaz

10.02.2022

Tizim korxonaining ishchi-xodimlari va faol yoshlar ishtirokidagi forumga universitet o'qituvchilari ham taklif etildi. Dasturi rang-barang tuzilgan forumning birinchi kunida qatnashchilar “Prezident Sh.Mirziyoyevning "2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni hamda 2022 yil – "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining mohiyati” mavzusida maʼruza tingladilar. Buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur tavallud sanalari munosabati bilan ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbat ham qiziqarli bo'ldi.

Forum ishtirokchilari korxonaning markaziy dispetcherlik xizmati hamda korxona muzeyi bilan tanishishdi. Tadbir davomida shaxmat, shashka, stol tennisi bo‘yicha  musobaqa va “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o‘tdi. Forum -  Ichan qalʼaga sayohat bilan yakunlanadi. 



Возврат к списку