“UTG training” oʻquv markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda
Uztransgaz
24.02.2025
2025-yilda “Oʻztransgaz” AJning “UTG training” oʻquv markazi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm viloyati hududiy filiali o‘rtasida xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kelishuv doirasida filialda mehnat qilayotgan 100 nafar xodimning malakasini oshirish belgilangan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida xodimlarning 53 nafari “UTG training” o‘quv markazida “Yuk ko‘tarish va tushirish moslamalarida ishlovchi” mutaxassisligi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaridan o‘tishdi. Mashg‘ulotlar yakunida filialning barcha xodimlariga sertifikatlar berildi.