jins

Uztransgaz

27.01.2025

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda "O‘ztransgaz" AJ rahbariyati Xiva tumanidagi o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga mo‘ljallangan ushbu markaz faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida zamonaviy talablarga mos jihozlangan o‘quv maskanining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayoni va xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi. 

Uchrashuv chog‘ida texnikumlarda kadrlar tayyorlash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Kadrlar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quv dasturlarini yangilash va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Gaz transporti sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanadigan o‘quv markazining tajribasi mamlakatning boshqa hududlarida ham amaliyotga joriy etilishi mumkinligi ta’kidlandi.
  

Возврат к списку