jins

Uztransgaz

31.08.2021


Hurmatli Emil Demzarovich!

“O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati va Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi Sizni tavallud topgan kuningizning 50 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Dispetcherlar jamoasi safida turib respublikamizning energetika sohasidagi islohotlar jarayonida innovatsion yangiliklarni joriy etish ishlarida munosib xodim sifatida faol ishtirok etayotganligingiz ham e’tiborga molik!

Dispetcherlik xizmati operatorligidan “O‘ztransgaz” AJ Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik departamenti katta muhandis-dispetcherigacha bo‘lgan lavozimlarda sidqi-dildan mehnat qilib, tabiiy gaz hisobini olish, yuqori darajadagi aniqlikda ma’lumotlarni umumlashtirish va nazorat jarayonida fidoyilik qilayotganingiz e’tirofga loyiq!

Qadrli, Emil Demzarovich!

Shunday fayzli kunda qutlug‘ ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklab, samimiy hurmat va ehtiromimizni bildiramiz! Sizga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“O‘ztransgaz” AJ rahbariyati,
Birlashgan Kasaba uyushma qo‘mitasi

Возврат к списку