Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi
Uztransgaz
31.05.2022
Unda:
Tabiiy gaz bo‘yicha
Aholi uchun bir oylik ijtimoiy norma isitish mavsumida 700 kub metr, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metr etib belgilanishi taklif etilmoqda.
Ma’lumot uchun: yilning isitish talab etilmaydigan davrida eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi barcha abonentlar, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 99 foiz hamda hovlilarda yashovchi 86 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 200 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Isitish mavsumida esa eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi barcha abonentlar, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 93 foiz hamda hovlilarda yashovchi 64 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 700 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qilgan.
Ya’ni shuncha aholi "ijtimoiy norma" tizimiga bemalol tushadi va arzon narxda gaz sotib olishadi.
Narxi qancha va aholiga qanday ta’sir qiladi?
Aholi uchun 1 kub m tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida, ya’ni oktabr-mart oylarida 700 kub metrgacha – 410 so‘m (hozirda 380 so‘m), 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m.
(Isitish mavsumida 700 kub m gacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 21 ming so‘mgacha, 1 000 kub m gacha iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 267 ming so‘mgachani tashkil etadi. Shuningdek, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub m gacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 6 ming so‘mgacha, 300 kub. m gacha iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 88 ming so‘mgachani tashkil etadi).
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2026-yildan tabiiy gaz, elektr energiyasi va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.