jins

Uztransgaz

26.11.2021

OAV xodimlari uzunligi 158 km Ohangaron-Pungon  magistral gaz quvurning 80-kilometrida joylashgan  majmua faoliyati bilan tanishdilar. Bu joyda tabiiy gaz tarkibidagi har-xil yot moddalar va suyuqliklarni ushlab qoluvchi agregatlar va tabiiy gazni isitish pechlari bor. Agregatlar yordamida qish mavsumida magistral gaz quvurida gidrat cho‘kmalar xosil bo‘lishi va  muzlashining oldi olinadi. Ushbu quvur orqali Farg‘ona vodiysi viloyatlari iste'molchilariga tabiiy gaz etkazib beriladl. Оhangaron-Pungon quvurining yillik gaz o‘tkazish quvvati 10 mlrd m3 ni tashkil qiladi. 

Navbatdagi ob’ekt Shimoliy So'x gazni yer ostida saqlash inshooti bo'ldi. Mutahassislar tomonidan inshootning ahamiyati va faoliyati haqida tushunchalar berildi. Bu yerda Ohangaron-Farg'ona magistral gaz quvurlaridan keluvchi gaz tozalanib, bosimi kuchaytiriladi va yana magistral gaz quvuriga uzatiladi. Stansiyadagi har bir agregatning loyihaviy quvvati bir kecha-kunduzda 11 mln metr kub tabiiy gaz uzatish imkoniga ega.  Таdbir davom etmoqda.









Возврат к списку