jins

Uztransgaz

01.08.2023

“O‘ztransgaz” AJda xalqaro standart talablariga muvofiq integrallashgan menejment tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, faol qo‘llanilmoqda. Inson hayoti va salomatligi uchun javobgarlik, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xalqaro standartlar asosida ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 va ISO 50001 talablariga asoslangan prinsip va yondashuvlarni “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi faoliyatiga joriy etish borasida strategik qaror qabul qilingan.

Joriy yilning may oyida qayta sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli yakunlanishi natijasida “O‘ztransgaz” AJ integrallashgan menejment uchun xalqaro va milliy sertifikatlashtirish tizimida ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018, ISO 50001:2018 standartlari talablariga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘ldi. Shu kunlarda "O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati xodimlari uchun shu yo‘nalishda o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.



Возврат к списку