jins

Uztransgaz

31.03.2023

Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2- iyundagi Andijon viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va Prezident ishtirokida  2021-yil 22-fevral kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida tarmoq loyiha institutini jalb qilgan holda “Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootida aktiv gaz hajmini 1050,0 mln. kub metrgacha kengaytirish” loyihasi ishlab chiqilgan. Ayni kunlarda ushbu loyiha doirasidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyihaga asosan inshootda bufer va aktiv  gaz hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun inshoot gaz quduqlari joylashgan sanoat hududida 10 ta yangi gaz qudug‘ini burg‘ilash, 1 ta gaz yig‘ish punkti qurish, gazni tozalash va quritish sexida  past haroratli separatsiya (NTS-3) qurilmasi tarmog‘ini qurish, 3-Gaz yig‘ish punktidandan kompressor stansiyasigacha 1,5 km kollektor quvurini tortish ishlari bajarilmoqda. 

Inshootda shu kungacha “Qo‘qon neftgaz parmalash” MJCH tomonidan 3 ta quduqda burg‘ilash ishlari yakunlandi va quduqlarning ustki qismiga favvora armaturalarini o‘rnatildi. Hozirda 2 ta quduqda burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda.

Kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysi viloyatlari isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib beradigan mazkur gaz omborida bu ishlar yakuniga yetgandan so‘ng inshotning aktiv gaz hajmi 900 mln kub.m dan 1050.0 mln. kub.m ga, kunlik gaz olish hajmi esa o‘rtacha 7-8 mln. kub.m ga oshadi.

Возврат к списку