"Xo‘jaobod" gazni yer ostida saqlash inshootida davlat tili qonun hujjatlarining bajarilish holati muhokama qilindi.
Uztransgaz
16.10.2024

"O‘ztransgaz" AJ tizimida ish yuritish hamda ishchi xodimlar uchun axborot materiallarini tayyorlash jarayonlarida davlat tili qonun hujjatlariga amal qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada muhandislik inshootlaridagi qurilmalar, stansiya nomlari va boshqa atamalarning o‘zbek tiliga tarjima qilinganligi, ichki hujjatlar va idoralararo yozishmalarning lotin alifbosida bo‘lishi doimiy e'tiborda turibdi. Boshqaruv raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tarkibiy tuzilmalariga bo‘layotgan xizmat safarlarida bu yo‘nalishdagi ishlar qanday amalga oshirilayotgani nazorat qilinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.

"Xo‘jaobod" gazni yer ostida saqlash inshootida Boshqaruv raisining maslahatchisi tomonidan korxona rahbarlari, texnik siyosat, sanoat xavfsizligi hamda fuqaro muhofazasi xizmati mas'ullari va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ham shu masalaga bag‘ishlandi. Ishlarni tashkil qilish jarayonida davlat tili qonun hujjatlarining bajarilish holati muhokama qilindi. Davlat tili qoidalariga qat'iy rioya qilish zaruriyati haqida so‘z yuritildi.