“Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshootida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
25.04.2024

“Obyektni muhandislik texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash, sanoat va yong‘in xavfsizligini taʼminlash hamda sutkalik naryadning xizmat o‘tashini tashkil etish”
mavzusidagi maxsus-taktik o‘quv seminarda viloyat hokimligi, prokuratura, FVV Andijon viloyat boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi vakillari hamda o‘ta muhim va toifalangan obyekt rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda yer osti gaz saqlash qudug‘ida sodir bo‘lgan texnogen avariyani inshootdagi maxsus bo‘lim va xizmatlar hamkorligida bartaraf qilish amaliyoti sinovdan o‘tkazildi.




