Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshootiga tabiiy gaz jamg‘arish ishlari boshlandi
Uztransgaz
11.04.2022

Maʼlumki, Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshooti (GYOSI) kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysi isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Quvvati 900 mln. kub. metrni tashkil etuvchi ushbu inshootga har yili bahor-yoz paytida tabiiy gaz jamlanadi va tabiiy gazga ehtiyoj ortgan isitish mavsumida olib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi isteʼmolchilarga uzatiladi. Shu kunlarda inshootga 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumi uchun tabiiy gazni jamg‘arish ishlari boshlandi.