“Xo‘jaobod” GYOSIda quduqlarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlari boshlandi
Uztransgaz
15.04.2022
“Xo‘jaobod” GYOSIda 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida joriy yil 25-martdan quduqlarni mukammal taʼmirlash tadbirlari boshlandi. Hozirgi kunda 850 hamda 832-sonli ekspluatatsion quduqlarda ishlar olib borilmoqda:

850-sonli ekspluatatsion qudug‘ida favvora armaturasi quvurlar birikmasi boshchasi almashtirildi va hozirgi kunda quduq tanasida to‘plangan qum tiqinini yuvish uchun frezer o‘rnatilgan 220 ta burg‘ilash quvurlari birikmasi tushirilmoqda.

832-sonli ekspluatatsion qudug‘ida quduq tanasida to‘plangan qum tiqinini yuvish ishlari rejalashtirilgan. Bugungi kunda quduqdan 155 ta nasos kompressor quvurini ko‘tarish ishlari olib borilmoqda.