jins

Uztransgaz

29.07.2025

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportga qiziqishni oshirish hamda barcha qatlam vakillarini jismoniy faollikka jalb etish maqsadida Xo‘jaobod tumanida keng ko‘lamli sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman hududidagi idora va tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan jamoalar mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.

Turnirlar davomida tuman tashkilotlari o‘rtasidagi musobaqalar katta qiziqish bilan o‘tayotgan bo‘lib, ularda “Xo‘jaobod” gazni yer ostida saqlash inshooti yoshlari ham faol qatnashmoqda.

Musobaqalar yakunida har bir sport turi bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlanib, ular keyingi — tumanlararo bosqichga yo‘llanma olishadi.

Возврат к списку