Xo‘jayli tumanidagi gaz quvurida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi, barcha iste’molchilarga tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilmoqda
Uztransgaz
05.06.2023
2023 yil 4 iyun kuni soat 19:15 da Buxoro – Ural magistral gaz quvurining 464 kilometridan ulangan, 1982 yilda foydalanishga topshirilgan «Nukus-2» GTSga boruvchi 530 mm diametrli tarmoq gaz quvurining 2,3 kilometrida gaz sizib chiqishi tufayli yong‘in yuz berdi. Soat 19:30 da kranlar to‘liq yopilib, yong‘in bartaraf qilingan.
Ushbu holat bo‘yicha voqea joyiga soat 19:45 da «Urganchtransgaz» unitar korxonasi tasarrufidagi Qo‘ng‘irot magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Xo‘jayli sanoat maydonchasining 15 nafar xodimi va 5 ta maxsus texnikadan iborat avariya-tiklash guruhi yetib borgan.
Gaz sizib chiqish natijasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida diametri mmli yuqori bosimli gaz quvurining yaroqsiz holga kelgan 10 metr uzunlikdagi qismi to‘liq almashtirilgan.
Avariya-tiklash ishlari bugun soat 10:30 da yakunlandi. Soat 11:00 dan e’tiboran barcha iste’molchilarga tabiiy gaz to‘liq yetkazib berila boshlangan.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.