Xodimlarning favqulodda holatlarga shayligi tekshirildi
Uztransgaz
12.01.2023
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi departameni xodimlari tomonidan Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida qarashli gaz taqsimlash stantsiyalarida ishchi-xodimlarning ish va mehnat sharoitlari bilan tanishdi. Boshqarmada mehnat muhofazasi hamda sanoat xavfsizligi me’yorlariga rioya qilish hollari ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, Samarkand magistral gaz quvurlari boshqarmasida "Yig‘in" ovozli ishorasi berilib, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda xodimlarning to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari hamda shayligi tekshirildi.

Shu bilan birga, Samarqand MGQBga qarashli Sho‘rtan-Sirdaryo gaz quvurida qish mavsumida gaz quvurlaridan barqaror foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Mmagistral gaz quvurlarida tarmoq va yordamchi kranlarning impuls quvurchalari tekshirilib, ekspluatatsiya xizmati liniya kuzatuvchilari tarmoqni qordan tozalamoqda.