jins

Uztransgaz

06.01.2024

     “O‘ztransgaz” AJ O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy gazni magistral gaz quvurlari orqali tashish, shuningdek, tabiiy gazni tranzit qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya.

Xorijiy konsultant lavozimiga keltirilgan malakaviy talablar (xizmat vazifalarining xususiyatlaridan kelib chiqib):

- muhandislik, iqtisodiyot yoki energetika yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot;

- xalqaro neft-gaz kompaniyalarida (tabiiy gaz tashishga ixtisoslashgan kompaniyalarda) kamida 10 yillik (shu jumladan 5 yillik rahbarlik lavozimlarida) ish tajribasi;

- tabiiy gaz quvurlari transporti sohasidagi xalqaro standartlar va normativ hujjatlarni bilish, xalqaro tabiiy gaz bozorlarini tushunish;

- magistral gaz quvurlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishning texnik jihatlarini bilish;

- gaz transporti infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalar;

- xizmat safarlariga tayyorlik;

- ingliz, rus tillarini bilish (o‘zbek tilini bilish ma’qullanadi).

Asosiy ko‘nikmalar:

- tizimli (strategik) fikrlash; o‘zgarishlarni boshqarish, kompaniyaning istiqbollari va xatarlarini tanqidiy baholash;

- davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xalqaro sheriklar bilan hamkorlik qilish;

- rejalashtirish, ish vaqtidan oqilona foydalanish va natijaga erishish;

- tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash;

- muloqot qobiliyati;

- professional darajani takomillashtirish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalar;

     Ma’qullanadi: kommunikativlik (muloqotli) bo‘lish, mas’uliyatlik, korporativ madaniyat qadriyatlariga amal qilish, halollik. Oldingi ish beruvchilar yoki mijozlarning tavsiyalari mavjudligi.

Ish rejimi: to‘liq bandlik, ish vaqti har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha, dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari.

Ish joyi: “O‘ztransgaz” AJ, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85a.

Lavozim maoshi: suhbat davomida.

Nomzodlar 2024-yil 20-yanvargacha hr@utg.uz elektron manziliga qisqa motivatsion xat va ma’lumotnoma (rezyume) yuborish orqali o‘z qiziqishlarini bildirishlari mumkin.

Aloqa uchun telefon: +99899 010-45-43 Kaipbergenov Auez.

Возврат к списку