jins

Uztransgaz

25.04.2025

“O‘ztransgaz” AJ Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Boshqaruv raisi maslahatchisi L.Sharipova hamda Jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Sidikjanova G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasidagi ayollar bilan uchrashishdi.

Xotin-qizlar bilan bevosita muloqot qilish asnosida ularning fikr-mulohazalarini eshitish, taklif va murojaatlarini tinglab, joyida hal qilishga harakat qilish maqsadiga qaratilgan uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Muloqot davomida:

• lavozimini o‘zgartirish masalasidagi murojaat;
• ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etish;
• farzandini shu korxonaga ishga joylashtirish bo‘yicha so‘rovlar;
• uy-joy xaridida boshlang‘ich to‘lovga moddiy yordam ko‘rsatish iltimosi;
• sihatgohga yo‘llanma olishga kabi masalalarda murojaatlar bo‘ldi.
Masʼullar o‘z navbatida, hamma murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va har biri bo‘yicha tegishli choralar belgilanishini maʼlum qilishdi.


Возврат к списку