Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishlari Buxoroda tashkil etildi
Uztransgaz
03.10.2025

"O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi L.Sharipova Gazli va Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmalarida bo‘lib, u yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Samimiy suhbat asnosida ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Yig‘ilishlarda bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish choralari haqida so‘z bordi. Boshqarmalarning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yetakchilari tayinlandi. Yangi masʼullarning ishlariga muvaffaqiyat tilab, kelgusida xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlarni yaxshilash borasida eʼtibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berildi.