Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” turniri o‘tkazildi
28.02.2024
Yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan eʼtibor ortib borayotgani ular ishtirokida tashkil etilayotgan ko‘plab tadbirlar misolida ham namoyon bo‘lmoqda. Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual bellashuvlarini shunday tadbirlar sirasiga kiritish mumkin. Bu tadbir xotin-qizlar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini o‘ziga xos tarzda sinab ko‘rishlari uchun o‘ziga xos platforma bo‘ldi. Bellashuvlarning birinchi bosqich o‘yinlari respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazildi. Unda jami 697 ta jamoa ishtirok etdi.
"O‘ztransgaz" AJ ayollari jamoasi mazkur tadbirda munosib ishtirok etishdi.