jins

Uztransgaz

07.02.2024


Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarga munosib shart-sharoitlarni yaratiish, ularni hayotdan rozi bo‘lishlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotganining boisi shunda. Amalga oshirilayotgan davlat siyosati xotin-qizlarning huquq va erkinliklari taʼminlanayotgani, ularga chinakam baxtli yashash, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun keng imkoniyatlar yaratyapti. Bu sharoitlar sabab xotin-qizlar davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda, mavqei ham tobora ortib boryapti. "O‘ztransgaz" AJda o‘tkazilayotgan "Rahbar va xotin-qizlar uchrashuvi" tadbiri ham bu boradagi qadamlar sifatida e'tiborli.

Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasida bo‘lgan uchrashuv mehnatkash opa-singillar bilan suhbat tarzida o‘tdi. Ular uchun ishxonada va uyda sharoitlari qanday ekanligi, mavjud muammolari va bartaraf etish imkoniyatlari haqida so‘z bordi. Mehnat jamoasidagi ayollarning yanada faol bo‘lishlari uchun nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi belgilab olindi.

Возврат к списку