Xotira va qadrlash kuni arafasida faxriylar e’tiborda
Uztransgaz
09.05.2025
Xalqimizda o‘tganlarni xotirlash, hayotda munosib iz qoldirgan, yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash qadimiy va ezgu an’anaga aylangan.
Ana shunday insonparvarlik va hurmat ifodasi bo‘lgan tadbirlardan biri Xotira va qadrlash kuni arafasida Xiva shahrida “Urganchtransgaz” UK ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirok etdi. Ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, hayotiy tajribalari eshitildi, yoshlarga ibrat bo‘ladigan misollar tilga olindi.
Faxriylarimizga hurmat bajo keltirilib, ular uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi. Tashkilotchilar tomonidan ushbu tadbir insoniy qadriyatlarni ulug‘lash, o‘zidan avval mehnat qilgan avlodlarga hurmat bajo keltirish yo‘lidagi doimiy harakatlarning bir ko‘rinishi sifatida e’tirof etildi.