Yakun va rejalar: "O‘ztransgaz" AJda tizim yoshlari va xotin qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat tahlil qilindi
Uztransgaz
20.12.2024
Uchrashuvga "O‘ztransgaz" AJ ijroiya apparati mas'ullari shuningdek, Respublikamiz hududlarida joylashgan gaz transport tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan faol yoshlar hamda xotin-qizlar taklif etildi.

Hamjihatlikda o‘tgan anjumanda so‘z olganlar yakunlanib borayotgan yilda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha hisob berishdi.

Bajarilgan ishlardan kutilgan natijalar qanday bo‘lgani tahlil qilindi. Mehnatda o‘rnak bo‘lgan faollarga minnatdorlik bildirildi.

"O‘ztransgaz" AJ faoliyatida yoshlar va xotin-qizlarning ishtirokini yangi bosqichga olib chiqish, kreativ g‘oyalarni amalga oshirish orqali gaz transport tizimi faoliyatiga munosib hissa qo‘shish istagi har bir xodimning sharafli burchi ekani ta'kidlandi. Yaqinlashib kelayotgan 2025-yilgi rejalar bo‘yicha fikrlar bildirildi. Amalga oshiriladigan tadbirlarda eʼtibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar belgilab olindi.