jins

Uztransgaz

31.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "O‘ztransgaz" AJ tizimidagi korxona va tashkilotlarda qator tadbirlar o‘tkazilyapti. Tashkilot ishchi-xodimlari va sohada mehnat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirokida bir piyola choy ustida suhbatlar, tadbirga kelolmagan faxriylarning uylariga borib holidan xabar olish, bilimlar bellashuvi va sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilayotgani fikrimiz misolidir. 

Kogon, Farg‘ona, G‘allaorol, Gazli MGQBlari, Shimoliy So‘x va Xo‘jaobod GEOSIlarida o‘tkazilgan tadbirlarda ish faoliyati davomidagi mehnatsevarligi, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun taqdirlangan ishchi-xodimlarga hamda musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilarga "O‘ztransgaz" AJ Faxriy yorliqlar va Kasaba uyushmalari tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alar berildi. 









Возврат к списку