Yangi tarmoq qurib bitkazildi va tarmoqqa ulandi
Uztransgaz
01.04.2025

Akchalok MGQB xizmat ko‘rsatadigan "Markaziy Osiyo-Markaz-4" magistral quvuri bilan "Xiva-Beyneu" magistral gaz quvurining 655-kilometrini bog‘lovchi diametri 1020 mm. bo‘lgan 180 metr uzunlikda yangi tarmoq qurib bitkazildi va tarmoqqa ulandi. Ushbu tadbir yo‘nalishda tabiiy gaz uzatish samaradorligiga xizmat qiladi.