jins

Uztransgaz

04.10.2022

"O‘ztransgaz" AJ “2021/2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi magistral gaz transporti tizimini modernizasiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi” doirasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Ushbu loyiha “FDI UzLITI Engineering” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Buyurtmachi "Transgazengineering" MCHJ, qurilish pudratchisi sifatida "Nadimstroygazdobicha", subpudratchi -"Enter Engineering Pte.Ltd" kompaniyalari belgilangan.

Ishlar parallel ravishda kalit dizayniga ko‘ra amalga oshiriladi. Loyiha bo‘yicha quvur tarmog‘ining umumiy uzunligi 95 kilometrni tashkil qiladi.

Нozirga kunga qadar umumiy uzunligi 12 km bo‘lgan diametri 1220 mm (1000 ta quvur) vagonlarda obyektga yetkazib berildi.

Bu ishlarga ayni paytda 22 nafar muhandis va ishchi xodim hamda 13 ta texnika vositasi jalb qilingan. Qurilish-montaj ishlari muddati 2022-yil oktabrdan 2023-yil martgacha etib belgilangan.

Возврат к списку