"Yangiyer-Ohangaron" yo‘nalishida yangi magistral gaz quvuri qurilmoqda
Uztransgaz
02.02.2023

Havo haroratining keskin pasayishi va kuchli qor yog'ishi natijasida, "O'ztransgaz" AJ tizimida olib borilayotgan mazkur loyiha doirasidagi qurilish maydonlarida favqulodda hodisalarning oldini olish maqsadida payvandlash ishlari qisqa muddatga to'xtatildi. Shunday bo‘lsada, uzunligi 95 km, diametri 1220 mm bo'lgan yangi magistral gaz quvuri qurilishi obyektida ijro-texnik hujjatlarni tekshirish va tashqi nazorat olib borish hamda gaz quvurlaridagi payvandlangan bo'g'inlarning sifatini tekshirish ishlari to‘tagani yo‘q.

