jins

Uztransgaz

28.03.2022

27-mart kuni poytaxtimizda mukofot jamg‘armasi 138 million so‘m bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligidagida dastlabki tadbir sifatidagi ushbu marafonda 2000 nafardan ortiq sportchi va havaskorlar ishtirok etdi. Musobaqa dasturiga ko‘ra ishtirokchilar 3, 10 va 21 kilometr masofada kuch sinashdilar. Nufuzli musobaqa bahslarini respublikamizning 80 nafar eng tajribali hakamlari boshqarib bordi. 

Mazkur nufuzli marafonda "O‘ztransgaz" AJ vakillari ham munosib ishtirok etdi. Yosh xodimlarimiz A.Kim va A.Vohidovlar yarim marafonda 21 km masofaga yugurib dastlabkilar qatorida marraga yetib keldilar. 

Возврат к списку