Yashil makon
Uztransgaz
10.12.2024
Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yil 28-noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hududlarda ishlar qay darajada tashkil etilayotgani tahlil qilinib, tegishli topshiriqlar berilgan edi. 
Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda “O‘ztransgaz” AJ ijroiya apparati hamda tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari va xodimlari tomonidan ham o‘zlari yashaydigan uy atroflari yoki o‘qigan maktablari hududiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.





