"Yashil makon" loyihasi davom etmoqda
Uztransgaz
08.11.2021
Energetika vazirligi tizimi korxonalarida"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilyapti. Unga ko'ra joriy yil 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo'yicha "dolzarb 40 kunlik" e'lon qilingan. "O'ztransgaz" AJ boshqaruv apparati xodimlari ham bu tadbirda faol ishtirok etmoqda. Bugun poytaxtimizdagi Yashnobod mahallasi hududiga 100 tupga yaqin manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazishdi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida "Shimoliy Soʻx" GYOSI ishchi-xodimlari ham manzarali va mevali daraxt ekib, tabiatga go‘zallik baxshida etishga kirishdilar. Ular tomonidan 1700 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan bugungi kungacha 200 tupdan ortiq mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi. GEOSIda taktik mashgʻulot ham o'tkazilib, noqulay ob-havo, qum boʻronlari tabiatga keltirilgan ziyonni bartaraf etish maqsadida archa daraxtlari yuvib chiqildi.