“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari tomonidan 2025-yil bahor mavsumida bajarilishi belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boshlandi.
21.02.2025
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy tuzilmalari tomonidan 2025-yil bahor mavsumida bajarilishi belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish boshlandi. Tadbirlarda AJ rahbariyati va ijroiya apparati mas'ullari ham bevosita ishtirok etishmoqda.
Xususan, A-378 avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida tashkil etilayotgan “Yashil belbog‘" yaratish ishida Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasi ham hissa qo‘shdi. "Sho‘rtan-Sirdaryo" magistral gaz quvuri yaqinidagi joyga ko‘chat ekish tadbirida "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari, boshqarma rahbariyati hamda ishchi-xodimlar tomonidan 600 tup qayrag‘och daraxti ko‘chatlari o‘tqazildi.
Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tadbirida Avtotransport va maxsus texnikani boshqarish departamenti mas'ullari ishtirok etdi. 400 tup gujum va tut ko‘chati o‘tqazildi, daraxtlarni parvarishlash uchun masʼul xodimlar biriktirildi.