jins

Uztransgaz

30.08.2022

Gazli MGQB Tarmoqdan foydalanish xizmati usta muhandis va ishchi xodimlari magistral gaz quvurlari tarmog‘ida foydalanib kelinayotgan yer osti berkitish moslamalarining texnik holatini yaxshilash, ularning yemirilishi va ehtimoliy gaz sizib chiqishi holatlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlarni amalga oshiryapti. 

Xususan, so‘nggi kunlarda “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining III tarmog‘i va “Gazli-Sarimoy” magistral gaz quvurining IV tarmog‘ini tutashtiruvchi quvurdagi hamda “Buxoro-Ural” MGQ II tarmog‘i va “Gazli-Sarimoy” MGQ IV tarmog‘ini tutashtiruvchi quvuridagi D-1000 mm sharli berkitish moslamalari, D-300 mm baypas berkitish moslamasi, “0” km da joylashgan D-700 mm 2PR berkitish moslamalarining yer osti qismi ochilib potrubka izolyatsiyalari tozalandi va qayta bitum qilindi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.


Возврат к списку