Yiliga 240 mVt/soat elektr energiyasi tejaladi
Uztransgaz
10.08.2022
“O‘ztransgaz” AJ tizim korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari joriy qilinmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ tizim korxonalarida energiya samaradorlikni yanada oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qaroriga asosan, “O‘ztransgaz” AJda ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida “Urganchtransgaz” UKga qarashli “Sarimoy suv tozalash inshooti”ni kompleks rekonstruktsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Bunda energiya tejovchi qurilmalarni joriy qilish bo‘yicha iste’molchilarga ishonchli suv ta’minotini yaratish va ishlab chiqarilayotgan suvning tannarxini pasaytirish maqsadida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish maqsadida 2022-yilning shu davrigacha Jamiyat tizimdagi G‘allaorol, Zirabuloq, Muborak, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Gazli MGQBlari, “Shimoliy So‘x” GEOSIda va “Urganchtransgaz” UKning bir necha inshootlarida issiq suv ta’minoti uchun jami sig‘imi 11 000 litrga teng bo‘lgan 55 dona faol tipdagi quyosh suv isitgich kollektorlari (geliyotizimlari) o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.
Buning natijasida yiliga 240 000 kVt/soat elektr energiyasi tejaladi.